05/01/2024

Mamlakatimiz aholisining yashash tarzi va turmush  darajasini o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan tanlab olingan uy xo'jaliklarida kuzatuvlar o'tkazib kelinadi.

   Kuzatuvlar tanlanma usulda va so‘rovnoma shaklida tashkil etiladi. O‘z navbatida so‘rovnomalar reestr, migratsiya, ta’lim, sog‘liq, bandlik, jamg‘armalar va kreditlar, ijtimoiy nafaqalardan iborat  7 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi.

   2024- yilning 4- yanvar kuni Urganch shahrining  “Bo‘ston” va “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida  statistika idoralari mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar  va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi.

   Seminar ishida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev,  Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i X.Sa’dulla ishtirok etishdi.

Tadbirda yuqoridagi mahalla faollarini uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qilishi tushuntirib o‘tildi.

 

Axborot xizmati