05/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 38,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,5 marta oshgan.

TSA tarkibida eksport hajmi 26,6 mln dollarni (o‘sish 2,2 marta), import 11,6 mln dollarni (o‘sish 3,6 marta) tashkil qilgan.

Tuman eksportida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 69,1 %ni tashkil etgan, import tarkibida mashina va transport uskunalari ulushi 72,7 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati