05/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 300 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 284,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Umumiy hajmning 172,0 mlrd so‘mini (60,4 %i)  iste’mol tovarlari ishlab chiqarish tashkil qilgan.

Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 57,8 mlrd so‘mni, nooziq-ovqat mahsulotlari 114,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati