27/12/2023

2023- yilning 26- dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i  A.O‘tamuratov o‘tayotgan 2023- yilni sarhisob qilar ekan, statistika ishlari Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda, statistik hisobotlarni o‘z vaqtida, sifatli va haqqoniy qabul qilinishida jamoaning har bir xodimi sidqidildan faoliyat olib borganini, bu avvalo, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan Hay’at yig‘ilishlari natijalarida yaqqol ko‘zga tashlanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda kirib kelayotgan yangi 2024- yil bilan jamoani qutlash barobarida, tizimda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

 

Axborot xizmati