25/12/2023

2023- yilning 25- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda boshqarmasi yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni 2018- yil 8- yanvarda qabul qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda joriy yilning 27- noyabrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 622-sonli qarorning mazmuni bilan tanishtirdi.

Axborot xizmati