22/12/2023

2023- yilning 29- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda boshqarmasi yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi (2023- yil 28- noyabr) PQ- 379-sonli Qarori hamda “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2023- yil 22- noyabr, ORQ-879-son) mazmuni bilan tanishtirdi.




Axborot xizmati