15/12/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 10 880,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,0 %ga yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 623,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 91,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  tovar aylanmasi 10256,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 107,0 %), shundan, uyushmagan savdo  tovar aylanmasi 2 111,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 101,2 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati