Xorazm viloyati bo‘yicha joriy yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3 897,5 ming so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyat sanoatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 262,0 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,4 % ini) tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-may oylarida 1328,8 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmda yirik korxonalarning ulushi 9,7 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,9 %ni, norasmiy sektorning ulushi 33,4 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  1- iyuniga viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 624 ta korxona va tashkilot (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 2 602 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyat sanoatida  42,9 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 %ni tashkil etdi.

Xorazm viloyati 2023- yilning yanvar-may oylarida xorijga 20,7 mln AQSH dollari qiymatidagi turli xil tayyor buyumlar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning  1- iyun holatiga Bog‘ot tumanida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 82 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib shundan 58 tasi (71,0%) ni oilaviy korxona tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50 676,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra,  Xorazm viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 6 460,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga o‘sdi.

2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 81,6 %ni tashkil etadi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-may oylarida 39 067 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.Ularning  so’nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi esa quyidagicha:

2023- yil 1-  iyun holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 536 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida ko‘rsatilgan  bozor xizmatlarining umumiy hajmi  175,0 mlrd  so‘mni tashkil qilgan va 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish  104,0 % darajasida qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-may oylarida Xorazm viloyati importi tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 11,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30,6 % ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 4,8 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida  viloyatimizning eksport hajmi 136,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 33,6 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 22,5 % ni, ishlab chiqarish hajmi 1 648,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning dastlabki 5 oyida Xiva tumanida 174,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlaridagi ulushi 9,9 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar ulgurji savdo tovar aylanmasi 381,8 mlrd so‘mni tashkil etib, eng yuqori hajm Urganch tumani (176,3 mlrd so‘m), Urganch shahri (79,2 mlrd so‘m) va Gurlan (60,4 mlrd so‘m) tumanlarida kuzatildi.