06/09/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonovlar bugun, 6- sentabr kuni Urganch shahrining Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganish yuzasidan 5 narx (haftalik) kuzatuvida ishtirok etishdi.

    Kuzatuv davomida Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, narx registratori Sh.Davletovga mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini haqqoniy qayd etishga doir tavsiya va tushuntirishlar berildi.



Axborot xizmati