Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 236,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,9 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 58,8 tonna tvorog ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar- aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 12 419 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 30 288 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 61 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 72 ming tonna polietilen eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xiva shahrida ko‘rsatilgan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 8,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3%ga oshgan.

2023- yilning 4 oyi mobaynida viloyatimizda kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 152,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 %ga teng bo‘lgan.

Xorazm viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 2023- yilning 1- may holatiga 585 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yil  1- may holatiga viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 15 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 794,9 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, hududlar orasida eng yuqori ulush Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 22,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  1- may holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 1 705 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan.

Hazorasp tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida  amalga oshirilgan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 346,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shovot tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 79,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 27,8 mlrd so‘mi yoki 34,9 %i norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yangibozor tumanida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo hajmi 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 1,5 mlrd so‘mni tashkil etgan, bu ko‘rsatkich chakana savdo tovar aylanmasining 1,8%iga teng bo‘lgan.

Urganch tumanida  2023- yilning dastlabki 4 oyida 114,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

 Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- may holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 510 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lsa, shularning 323 tasi yoki 21,4 %ini xususiy korxonalar tashkil etgan.

Bog‘ot tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 82,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, mulkchilik shakliga ko‘ra 100% qurilish ishlari nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan.

2023-yilning 1-may holatiga koʻra xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 45,3 % yoki 151 406 birlik bilan ustunlik qiladi, shundan 99,5 foizi (150 709 birlik) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 5,4 trln so‘mni tashkil etgan.