2024- yilning yanvar-iyul oylarida Urganch tumanida faoliyat yuritgan 447 ta sanoat korxonasi tomonidan jami 720,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Umumiy hajmning 98,4 % ulushi yoki 709,4 mlrd so‘mi ishlab chiqarish sanoati, 1,5 % i (11,1 mlrd so‘mi) suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati, 0,1 % i (0,4 mlrd so‘mi) tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hudud sanoatida mahsulotlarning 48,8 % i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati