Viloyatimizda  2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  hajmi 491,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish  xizmatlari ko‘rsatilgan.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4 428,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,2 %ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,9 % ni tashkil etib, 239,5 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga ko‘paydi.

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 609,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati  101,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan jami qurilish ishlarining 75,5 %i  yoki 3 086,4 mlrd so‘mi yangi qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 2023- yil yanvar-sentabr oylarida 4 850,1 ming so‘m bo‘lgani holda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,2 % o‘sishni ko‘rsatgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlarining ulushi 53,2 %, mashina va uskunalar sotib olish xarajatlari – 40,3 %, boshqa xarajatlarning ulushi  6,5 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizning  import hajmi 435,3 mln AQSH dollarini  tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 9,1  % ga oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning oktabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 % ga oshgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida 3,5 mingta sport inshootlari, 0,6 mingta jismoniy tarbiya jamoalari va 36 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiariq tumanining chakana savdo  tovar aylanmasi hajmi  2023- yilning yanvar-sentabr oylariga  358,9  mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 %ga oshgan.

Hazorasp tumanining umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi  2023- yilning yanvar-sentabr oylariga  10,9  mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  7,4 %ga  yoki  3,2 mlrd so‘mga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida  Shovot tumanida  358,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyatdagi ulushi 5,0 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylariga Xonqa tumanida  341,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari  bajarilgan bo‘lib, shundan :

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulotining tarmoqlar bo‘yicha tarkibida  eng yuqori ulush qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 44,2 % ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy  kreditlar hajmi 420,2 mlrd so‘m  yoki  umumiy hajmning 6,2 %ni tashkil qilgan. 

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmi (18,6 trln so‘m)da xo‘jalik toifalarining ulushi  quyidagi bo‘lgan:

2023- yilning  yanvar-sentyabr oylarida Xorazm viloyatining eksport hajmi 226,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan.