03/12/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 % ga qimmatlashgan.
  
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023- yil noyabr oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,0 % ni tashkil etgan.
  
2024- yilning noyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 1,0 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.
  
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ziyot narxlar qayd etilgan.
  
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

  Matbuot xizmati