2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida o‘tkazilgan parranda va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 1 014,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha savdo sohasidagi xizmatlar hajmi  2 941,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Viloyatimizda joriy yilning 9 oyida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 250,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilning 9 oyida viloyatimizda xizmatlar eksporti hajmi 13, 6 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 4,9 % ini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 64,6 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining  88,0 % i yoki 6 246,3 mlrd so‘mi yangi qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida  kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi  34,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9 542,6 ming so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi (19 164,5 mlrd so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida  viloyatimiz eksportida eng yuqori ulush Pokiston davlati hissasiga to‘g‘ri keldi va umumiy hajmning 26,9 % ini tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida  viloyatning xizmatlar sohasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 % o‘sish kuzatildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining YAHM hajmi 6,4 % ga o‘sdi va 36 199,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 6 390 tani tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning 1-  oktabr holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 701 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan 135 ta korxona va tashkilotlar sonining davlatlar kesimidagi tarkibi:

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining 75,9 % ini bino va inshootlar qurilishi ishlari tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 784 ta yangi oilaviy korxona tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 135 ta bo‘lib, shundan 60 tasi qo‘shma korxona va 75 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.