2025- yil 1- yanvar holatiga Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 23 779 tani tashkil etdi.

2024- yil yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,0 % ni tashkil qilgan.

 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 186,6 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 113,6 % ga oshgan.

2024- yil yanvar-noyabr oylarida viloyat bo‘yicha 298,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizga Turkiyadan qiymati  19,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovarlar import qilingan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida 50,9 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 3,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 13- yanvar kuni Tuproqqal’a tumanining  “Sharlauq”  mahallasida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning 30- dekabrida “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-465- sonli Prezident qarori qabul qilindi.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- yanvar holatiga tashish va saqlash sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 25 818 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 47,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 169,8 ming tonna karam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yirik korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmi 9,1 % ga oshib, tarmoqlar bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatiga xorijdan  qiymati 19,5 mln AQSH dollarilik avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari import qilingan.

2024- yilning 11 oyida Xonqa tumanida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 20,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida 268,3 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,8 % ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oyida viloyatimiz xorijga 192,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 178,7 % ga yoki 84,7 ming tonnaga ko‘paydi.

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 577,6 mlrd so‘mlik yangi qurilishi ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Shovot tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar  hajmi 58,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Yangiariq tumanida bajarilgan qurilish ishlarining 45,8 %i yoki 132,3 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.