2025- yilning 25- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugi Urganch garnizonida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mohiyatini tushuntirish, ahamiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.



Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish mexanizmi va bosqichlari, xorijiy tajribalar hamda me’yoriy-huquqiy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.



Tadbir yakunida ro‘yxatga olish tartibiga bag‘ishlangan videoqo‘llanma namoyish etildi hamda harbiy qism shaxsiy tarkibining mavzuga doir savollariga javob berildi.
Axborot xizmati



