Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 8 ta xorijiy davlatga qiymati 3,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 tonnaga kamaygan.
2022- yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna
Qozog‘iston – 759 tonna
Qirg‘iz R. – 392 tonna
Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna
Xorazm viloyati – 528 tonna
Toshkent viloyati – 464 tonna
Namangan viloyati – 258 tonna
Matbuot xizmati