10/10/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan,  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha FHDYo organlarida 681 760 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Bu koʼrsatkich  o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 085 taga ko‘paygan.

  Xorazm viloyatida  shu davrda qayd etilgan tug‘ilishlar soni  31 162 tani tashkil qilgan.

Respublika bo‘yicha eng qo‘p tug‘ilish Samarqand viloyati (81 882 ta),  Farg‘ona viloyati (74 055 ta) va Qashqadaryo viloyati (71 748 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati