Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Yangiariq tumani xorijga qiymati 10,2 mln dollarga teng bo‘lgan mahsulot (xizmat)lar eksportini amalga oshirgan.
Bu ko‘rsatkich tuman tashqi savdo tovar aylanmasining 18,5 %ni tashkil etadi.
2021- yilning 8 oyiga nisbatan tuman eksport hajmining o‘sish sur’ati 96,0 %ni tashkil etgan (4,0%ga kamaygan).
Eksport hajmida oziq-ovqat mahsulotlari (47,8 %) va har xil turdagi tayyor buyumlar (21,2 %) yuqori ulushga ega bo‘lgan.
Axborot xizmati