29/09/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10- fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan barcha idora va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish belgilangan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlarida shu yuzadan ishlarning yo‘lga qo‘yilish  holatini tahliliy o‘rganish maqsadida reja-jadval ishlab chiqildi. Unga muvofiq  joriy yilning 29- sentabr kuni hududiy boshqarmaning davlat tilida ish yuritilishi bo‘yicha mas’ul xodimi N.Samandarova tomonidan viloyatning Urganch shahri, Yangibozor, Gurlan va Shovot tumanlarida sayyor  seminar tashkil etildi.

Seminar amaliy tusda o‘tkazilib, statistika bo‘limlari xodimlariga ish jarayonida imlo qoidalariga rioya etilishi, til me’yorlarini to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Statistik hujjatlarning yuritilish holati tekshirilib, mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etildi va bundan keyingi amaliyotda  lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida ish yuritishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik tushuntirib o‘tildi.

 

 

                                                                                           Axborot xizmati