Avval xabar berganimizdek, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha 2-dx «Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot»i statistika organlariga mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari tomonidan topshiriladi. Shu bilan bir qatorda aynan mahallalarda reja asosida statistik kuzatuvlar, so‘rovnomalar o‘tkazilib, olingan ma’lumotlar statistika maqsadlarida foydalaniladi. Bir so‘z bilan aytganda, mahalla fuqarolar yig‘inlari va statistika idoralari hamkorlikda bir qator ishlarni amalga oshiradilar.
Shu boisdan ushbu o‘z-o‘zini boshqarish organi xodimlarini statistika tizimidagi yangiliklardan xabardor qilib borish, yuqoridagi statistik hisobotlarning o‘z vaqtida va sifatli topshirilishi, kuzatuvlarni samarali tashkil etilishiga asos bo‘ladi.
2022- yilning 27- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I. Otajonovning navbatdagi seminari “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini tushuntirish bo‘yicha Urganch shahridagi 2-sonli “Feruz” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Seminar davomida yuqoridagi qonunning mazmun va mohiyati hamda belgilangan statistik ma’lumotlarni mahallalar kesimida yig‘ish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati