22/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 % ga oshgan.

 Qaysi hududda mehnat resurslari soni ko‘p?

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikamiz hududlarida mehnat resurslari soni:

Qoraqalpog‘iston R. –  1 073,2 ming kishi

Andijon – 1 775,1 ming kishi

Buxoro –  1 072,3 ming kishi

Jizzax –  788,9 ming kishi

Qashqadaryo – 1 815,8 ming kishi

Navoiy – 569,3 ming kishi

Namangan – 1 590,0 ming kishi

Samarqand – 2 155,7 ming kishi

Surxondaryo – 1 465,8 ming kishi

Sirdaryo – 486,0 ming kishi

Toshkent – 1 615,0 ming kishi

Farg‘ona – 2 092,3 ming kishi

Xorazm – 1 047,6 ming kishi

Toshkent sh. – 1 906,3 ming kishi

 

 

Matbuot xizmati