Xorazm viloyatida 2022- yil yanvar-avgust oylarida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, 6 220,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
2021- yilning mos davri bilan taqqoslanganda, hajmning 4,2 %ga ko‘paygani kuzatilgan.
Jami chakana savdo tovar aylanamasida kichik biznesningning ulushi 80,3 %ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Tuproqqal’a (99,9 %), Gurlan (99,3 %), Yangiariq (99,1 %) va Bog‘ot (99,1 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Axborot xizmati