2022- yilning 16- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 1998- yil 29- avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunini statistika idoralari faoliyatida qo‘llanilish tartibiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda hududiy boshqarmaning rahbariyati, tarmoq bo‘limlari va tuman (shahar) bo‘limi boshliqlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Ta’kidlandiki, ushbu qonunni bilish statistika idoralari xodimlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatiga oid hisobotlarni qabul qilishda katta ko‘mak beradi.
Hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar davomida xo‘jalik subyektlarining qonunda belgilangan huquq, majburiyat va vazifalari xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Seminar so‘nggida ish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati