Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlardan 22,3 ming tonna sut mahsulotlarini import qilgan.
Sut mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 ming tonnaga oshgan.
7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p sut mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 8,4 ming tonna
Belarus – 3,8 ming tonna
Eron – 3,8 ming tonna
Qozog‘iston – 3 ming tonna
Litva – 627 tonna
Fransiya – 591 tonna
Turkiya – 437 tonna
Finlyandiya – 247 tonna
Matbuot xizmati