14/09/2022

Bog‘ot  tumanida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida   135,1 mlrd so‘mlik  qurilish ishlari bajarilgan.

Jami qurilish ishlarining  7,0 %i yirik qurilish tashkilotlari, 46,7%i  kichik korxona va mikrofirmalar , 46,3 %i norasmiy sektorning hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra qurilish ishlari  tarkibida eng yuqori hajm  bino va inshootlar qurilishi ishlarida qayd etilgan va 96,5 mlrd so‘mni yoki jami bajarilgan ishlarning 71,5 %ni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: 2022- yilning  1- avgust holatiga tumanda  86 ta qurilish tashkiloti faoliyat ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati