06/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM hajmi 13 368,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,1 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,4 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 38,7 %), sanoatda 115,4 % (15,7 %), qurilishda 105,3 % (6,8 %) va xizmatlar sohasida 105,1 % (38,8 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi.

Aholi jon boshiga YAHM 4,4 % ga o‘sdi va 6 925,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati