Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan 2022- yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar xususidagi hisobotni taqdim qilishdan oldin, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizning iqtisodiy holatini o‘zida aks ettiruvchi statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tsam.2022- yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra Xorazm viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 13 trln 368 mlrd 800 mln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,1 foizga oshgan. Respublika yalpi ichki mahsulotining shakllanishiga viloyatimizning qo‘shgan hissasi 3,4 foizga etgan.sanoat ishlab chiqarish hajmi 8 trln 333,8 mlrd so‘mni, 2021- yilning mos davriga nisbatan fizik hajmi indeksi – 115,4 % ga teng bo‘lgan, viloyatimizda o‘tgan davr mobaynida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2019,3 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,3 % ni tashkil qilgan. Hisobot davrida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 411,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning shu davriga nisbatan 4,7 % ga ko‘paygan. Jami investitsiyalarning 1058,3 mlrd so‘mini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarning umumiy hajmi 8 589,4 mlrd so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich ushbu soha bo‘yicha respublika jami hajmining 6,3 foiziga teng bo‘lgan. viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 561,2 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati – 112,8 % darajada qayd etilgan,ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 722,0 mlrd so‘mni, hajmning o‘sish sur’ati – 112,5 % ni tashkil qilgan. Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 63,9 foizi xizmatlar sohasi bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar tashkil qilgan. Joriy yilning 6 oyida viloyat xorijiy davlatlar bilan hajmi 369,5 mln AQSH dollarlik tashqi savdoni amalga oshirgan, shundan eksportning hajmi 126,3 mln dollarni, importning hajmi 243,2 mln dollarni tashkil qilgan.2022- yilning 1- iyul holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 775 taga etgan bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 23 535 tani tashkil qilgan. 2022- yilning 6 oyida viloyatimizda 3 024 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 12,2 birlikni tashkil qilib, YAHM tarkibida kichik biznesning ulushi 68,8 foizni tashkil qilgan.Endi bevosita viloyat statistika boshqarmasining joriy yilning shu davrigacha olib borgan faoliyati xususida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, asosiy vazifamiz “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va shu asosda tasdiqlangan “2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash hamda «2022- yil statistika ishlar dasturi» ning bajarilishiga erishishga qaratildi.Mazkur “Yo‘l xaritasi” da statistik infratuzilmani takomillashtirish, ma’lumotlardan foydalanuvchilar va ma’lumot etkazib beruvchilar o‘rtasida samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, alohida statistik yo‘nalishlar, ochiq ma’umotlarni keng jamoatchilikka etkazish, tarmoq va hududlar statistikasini takomillashtirish, statistik tadqiqotlarni takomillashtirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Viloyat statistika boshqarmasining 2022- yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘laligicha ushbu vazifalarni amalga oshirishga qaratildi. Statistika idoralari tomonidan Davlat statistika Dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida yil mobaynida 109 turdagi davlat statistika hisobotlari va 31 turdagi kuzatuv va so‘rovnomalar o‘tkaziladi.Xususan, 2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida kuzatuv uchun tanlab olingan joylar va subyektlar bo‘yicha, belgilangan muddatlarda, quyidagi tanlanma kuzatuvlar to‘liq va sifatli o‘tkazildi:438 ta uy xo‘jaliklarida aholi turmush darajasi, ichki turizm va aholining jismoniy faolligi, daromadlar va xarajatlar tarkibini aniqlashga qaratilgan tanlanma kuzatuvlari to‘liq elektron qurilma(planshet) yordamida o‘tkazildi. 2039 ta kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy holatini aniqlashga qaratilgan choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.4 941 ta iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha norasmiy sektor ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvi tashkil etildi. Shuningdek, 3 994 ta Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan boshqa kuzatuv so‘rovnomalari o‘tkazildi.O‘tkazilgan so‘rovlar, kuzatuvlar hamda qabul qilingan davlat statistika hisobotlari natijalarini umumlashtirilib, tegishli ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasining tegishli tarmoq boshqarmalariga o‘z vaqtida taqdim etildi.2022- yilning o‘tgan davri davomida viloyat statistika boshqarmasining statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash,to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish bilan bog‘liq asosiy faoliyati haqida gap ketganda, 2022- yilning 1- iyul holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 32 367 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlardan davlat statistika hisobotlari muddatlarida qabul qilindi.2022- yilning shu davrigacha hududiy boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yozma va og‘zaki qilingan murojaatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, umumiy hisobda ularning soni 89 tani tashkil qilgan. Shundan jismoniy shaxslarning murojaati 5 tani, yuridik shaxs maqomiga ega turli korxona va tashkilotlar tomonidan qilingan murojaatlar soni 84 tani tashkil etdi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan murojaatchiga tegishli va to‘laqon javoblar yozma shaklda yo‘naltirilgan. Murojaatlar statistikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda (xorazm.stat.uz) rasmiy saytida e’lon qilib boriladi. Statistik axborotning ishonchliligi, qulayligi, xolisligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasi rasmiy veb saytining rasmiy statistika sahifasida viloyatning barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar joylashtirilgan va doimiy ravishda yangilanib borilmoqda.Xususan, 2022- yilning 6 oyi yakunlarida Davlat statistika hisobotlari va kuzatuvlari natijasida olingan statistik ma’lumotlar umumlashtirilib, viloyatning rivojlanishini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini to‘liq aks ettiruvchi kompleks statistik va tahliliy axborotlarni jumladan, 48 press-reliz va 200 ga yaqin ochiq ma’lumotlar boshqarma rasmiy veb saytining ochiq ma’lumotlar sahifasiga joylashtirilib, yangilanib borilmoqda.