Viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan yirik korxonalar rahbarlari diqqatiga!
Yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan
12-Korxona shakl (oylik) “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida” gi hisobotni har oyning 5- sanasidan va 12-Moliya shakl (oylik) “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi hisobotini har oyning 18- sanasidan kechiktirmay ESTAT 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali elektron koʻrinishda taqdim etish belgilangan.
Shu munosabat bilan Sizdan ushbu hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etishlaringizni soʻraymiz.
Eslatib oʻtamiz: Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish OʻzRMJtKodeksining 215- moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 7-10 barobari miqdorida jarima solishga asos boʻladi.
Maʻlumot uchun tel: (62) 224-65-18
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi