28/03/2022

2022- yilning 1- mart holatiga viloyatda 2 024 ta qurilish tashkloti faoliyat ko‘rsatgan. 2021- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 4,4 % ga yoki 85 taga oshgan.

 Faoliyat ko‘rsatayotgan soha korxonalarining tashkiliy - huquqiy shakliga ko‘ra 1 450 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyati, 34 tasi oilaviy korxona hisoblanadi.

 Hisobot davrida viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi 28 ta qurilish korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.

 2022- yilning 1-  mart  holatiga qurilish faoliyatini yurituvchi xususiy korxonalar soni 2021- yilning mos davriga nisbatan 18 taga yoki  3,5 % ga kamaygan va 502 tani tashkil qilgan.

 

                                                                      Axborot xizmati