Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoatda avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarishning ulushi 35,1 % ni, fizik hajm indeksi 102,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 374,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari soni:
- yengil avtomobillar – 3 652 ta (2021- yilning yanvariga nisbatan 670,0 taga kamaygan ),
- maxsus yengil avtomobillar – 1 749,0 ta (1 079 taga oshgan).
Axborot xizmati