03/03/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida viloyat sanoat korxonalari tomonidan 602,4 mlrd.so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi esa 54,0 % ni tashkil etgan.

Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat bo‘yicha jami hajmidagi eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumaniga to‘g‘ri kelib 71,8 % ni , Urganch shahrida 11,3 % ni va Urganch tumanida 2,3 % ni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: 2021- yilda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat bo‘yicha jami hajmida Tuproqqal’a tumanining ulushi 66,0 % darajada qayd etilgan.

Axborot xizmati