2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Xiva tumanida 1 704,3 mlrd.so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,1 % ni, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,9 % ni tashkil qilgan.
2020- yilning shu davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning viloyatdagi eng yuqori o‘sish sur’ati ko‘rsatkichi -108,8 % o‘sish ushbu tumanda qayd etilgan.
2021- yilda Xiva tumanining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida poliz mahsulotlari yetishtirish (20,6 ming tonna), meva yetishtirish (18,6 ming tonna) va ovlangan baliq hajmi (8,5 ming tonna) bo‘yicha viloyatdagi yuqori natijalar kuzatilgan.
Axborot xizmati