Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston qiymati 55,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 78,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,8 ming tonnaga oshgan.
Yanvar oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 10,1 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 3,7 ming tonna
sabzavotlar – 45,4 ming tonna
qalampir – 1,7 ming tonna
pomidor – 5,7 ming tonna
uzum – 6,6 ming tonna
mayiz – 7,1 ming tonna
yeryong‘oq – 1,8 ming tonna
tarvuz-qovun – 277,6 ming tonna
Matbuot xizmati