Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida chorvachilik faoliyatini olib borayotgan barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 31,1 ming tonna baliq ovlangan.
Bu ko‘rsatkich 2020– yilning shu davriga nisbatan 43,0 % ga ko‘paygan.
Ovlangan baliq umumiy hajmidan 62,7 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yangiariq (9,0 ming t.) va Xiva (8,5 ming t.) tumanlarida viloyat bo‘yicha eng ko‘p baliq ovlangan.
Ma’lumot o‘rnida: 2021- yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda 173,9 ming tonna baliq ovlangan bo‘lsa, Xorazm viloyati jamiga nisbatan 17,9 % ulush bilan hududlar kesimida yetakchilik qilgan.
Axborot xizmati