2022- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 768 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritgan.
Shundan 2 734 tasini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.
2021- yilning 1- yanvariga nisbatan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 313 taga yoki 11,4 % ga oshgan.
Ma’lumot o‘rnida: 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha 636 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Axborot xizmati