Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 154,2 ming t. meva yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 3,8 % ko‘p.
Viloyatda yetishtirilgan mevaning 67,4 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Shovot tumanida kuzatilib, 2021- yilda tumanda 19,8 ming tonna meva yetishtirilgan va viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 12,8 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati