Viloyatda 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 8,6 trln. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 5,7 % ni tashkil qilgan.
Bu respublika hududlari bo‘yicha 6- ko‘rsatkichdir.
Ishlab chiqarilgan iste’mol mollari tarkibida:
oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi – 3,3 trln.so‘m ( jamiga nisbatan 38,7%),
nooziq-ovqat mahsulotlari – 5,3 trln.so‘m (61,3 %) ni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi viloyat bo‘yicha 4 486,5 ming so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati