Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida 2 118 ta nikoh qayd etilgan.
Bu respublika bo‘yicha Qashqadaryo (2 380 ta) va Samarqand (2 359 ta) viloyatlaridan keyingi 3-ko‘rsatkichdir.
2022- yilning ilk oyida respublika bo‘yicha 20 428 ta nikoh holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 725 taga ko‘p.
Axborot xizmati