04/02/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilda 18 ta xorijiy davlatga qiymati 87,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

Ipak va ipak mahsulotlari eksporti 2020- yil bilan solishtirilganda 12,4 mln. AQSh dollariga oshgan.

2021- yilda O‘zbekiston eng ko‘p ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Xitoy – 38 mln.

Qirg‘iz – 16,2 mln.

Tojikiston – 12,6 mln.

Vetnam – 8,7 mln.

Eron – 6,7 mln.

BAA – 1,8 mln.

Hindiston – 1,7 mln.

Koreya – 897 ming

Afg‘oniston – 340 ming

Turkmaniston – 265 ming

Turkiya – 131 ming

Pokiston – 66 ming

Qozog‘iston – 20 ming

Rossiya – 17 ming

Fransiya – 4,2 ming AQSh dollari.

                                                 

            Matbuot xizmati