03/02/2022

2021- yilda yanvar-dekabr oylarida viloyat hududlari orasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2020- yilning shu davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Yangiariq (329,7 %), Hazorasp (254,3 %) tumanlarida, Xiva shahri (228,9 %) va Xiva tumanida (197,0 %) qayd etilgan.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

  • Urganch shahri – 23,0 % (jami hajm 1 976.3 mlrd.so‘m),
  • Yangiariq tumani – 13,4 % (1 151,8 mlrd.so‘m),
  • Hazorasp tumani – 9,2 % (785,6 mlrd.so‘m),
  • Xonqa tumani – 7,9 % (675,3 mlrd.so‘m),
  • Xiva shahri – 6,9 % (593,1 mlrd.so‘m).

                                                                         Axborot xizmati