2021- yilning 1- dekabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlar soni 24 521 tani tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 % ga oshgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
- Urganch shahrida – 5 280 ta,
- Urganch tumanida – 2 743 ta,
- Xiva shahrida – 2 066 ta,
- Xonqa tumanida – 1 933 ta,
- Xiva tumanida – 1 880 ta,
- Qo‘shko‘pir tumanida – 1 786 ta,
- Gurlan tumanida – 1 623 ta,
- Bog‘ot tumanida – 1 447 ta,
- Hazorasp tumanida – 1 368 ta,
- Shovot tumanida – 1 330 ta,
- Yangiariq tumanida – 1 249 ta,
- Yangibozor tumanida – 1 234 ta,
- Tuproqqal’a tumanida – 632 ta.
Axborot xizmati