Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda umumiy hajmi 2 035,4 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib,o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1 % ni tashkil qilgan.
Bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 104,4 mlrd. so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 1 931,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 5,1 % va
94,9 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati