11/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1- iyul holatiga viloyatda 753 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan va ajralish koeffitsienti 0,8 promilleni tashkil qilgan.

2020- yilning tegishli davri bilan solishtirilganda, ajralishlar soni Shovot tumanida 0,5 promillega ,Yangiariq tumanida 0,4 promillega, Bog‘ot,Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlarida 0,3 promillega ko‘paygani kuzatildi.

Joriy yilning 6 oyi davomida eng ko‘p nikohdan ajralish holati Urganch shahri (116 ta), Urganch tumani ( 89 ta) va Shovot tumani (73 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                                                                                          Axborot xizmati