06/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 373,7 mlrd.so‘mni yoki 2020-  yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 76,0 % ni tashkil etdi.

  Joriy yilning o‘tgan 6 oyida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi:

  • Go‘sht (tirik vaznda) – 88,5 ming tonna (2020-  yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p),
  • Sut – 556,7 ming t (0,5 %),
  • Tuxum – 273,6 mln.dona (2,8 %),
  • Baliq – 6 226 tonna (11,0 %).

 

                                                                       Axborot xizmati