03/08/2021

Bugun, 3- avgust kuni viloyat hokimligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.Unda bevosita aholi murojaatlari bilan ishlovchi tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Farxod Ermanov  va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov so‘zga chiqib, joriy yilning 23- iyul sanasida davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi xususida to‘xtaldilar.