09/10/2026

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 5 022,4 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Ushbu sektordagi ishlarning 55,6 %i bino va inshootlar qurilishiga toʻgʻri kelgan.

Koʻrilayotgan davrda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi quyidagicha boʻlgan (2025-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati bilan birga):

 

bino va inshootlar qurilishi – 2 791,8 mlrd soʻm (111,9 %)

fuqarolik obyektlari qurilishi – 1 907,4 mlrd soʻm (125,7 %)

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 323,2 mlrd soʻm (121,0 %).

 

Axborot xizmati