Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatga ko‘chib kelganlar soni 6 420 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 7 626 kishini tashkil qildi va migratsiya qoldig‘i minus-1206 kishiga (2020- yilning shu davrida minus 1 794 kishi) teng bo‘ldi.
Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida ko‘chib ketganlarga nisbatan kelganlar sonining yuqori darajasi viloyatning Tuproqqal’a tumani (1 100 kishi), Urganch tumani (570 kishi), Xiva shahrida (367 kishi) qayd etilgan. Eng katta migratsiya minus qoldiq‘i esa Hazorasp tumani (- 1453 kishi), Xiva tumani (- 418 kishi) va Qo‘shko‘pir tumanida (- 277 kishi) kuzatildi.