02/08/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Viloyatimizning barcha hududlari statistika idoralari xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish va targ‘ib etish shu kunning muhim masalalaridan biri sanaladi. Bugun, 2 -avgust kuni targ‘ibot tadbirlari   Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyatida, Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasida, Xiva shahridagi  “Qibla Tozabog‘”  mahalla fuqarolar  yig‘inida  tashkil etildi.

O‘tkazilgan   ushbu tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati