Xorazm viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) ning umumiy hajmi 7 316,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. 2020 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ga teng bo‘lgan.
Shundan:
- Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi – 7 131,8 mlrd.so‘m (100,2 %),
- O‘rmon xo‘jaligida – 61,9 mlrd.so‘m (101,5 %),
- Baliqchilik xo‘jaligida – 122,6 mlrd.so‘m. (113,4 %).
Ma’lumot uchun: hisobot davrida respublika qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Xorazm viloyatining ulushi 6,3 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati